Savol va javoblar
| Javob chop etilgan sana | 05.05.2009 |
|---|
Mualliflik huquqi qanday tartibga solinadi?
Mualliflik huquqining himoyasi hech qanday rasmiyatchiliklarga bog’liq emas. Ijodiy mahsulotning himoyasi asar yaratilgan vaqtdan boshlanadi deb hisoblanadi. Biroq, ko’pgina mamlakatlarda mualliflik huquqi bo’yicha milliy idoralari mavjud, ayrim davlatlarning qonunchiligi esa asarlarning nomini solishtirish va ularning farqini aniqlash uchun ro’yxatdan o’tkazish imkoniyatini qo’llaydi.
Ijodiy mahsulot egalarining ko’plarida mualliflik huquqini ma’muriy yoki sud tartibida himoya qilish uchun yetarli mablag’ bo’lmaydi, ayniqsa adabiy va musiqiy asarlardan kundan-kunga foydalanish huquqlari hamda ijro etish huquqi kengayganligini hisobga olgan holda. Natijada, ko’ p davlatlarda mulkiy huquqlarni jamoa bo’lib boshqarish jamiyatlari yoki tashkilotlari keng tarqalmoqda. Bu tashkilotlar ma’muriy va yuridik faoliyatining muhim tajribasiga tayangan holda, tashkilotning biron-bir muallif-a’zoning asarlaridan xalqaro foydalanilganligi uchun ulardan yig’imlar, royaltini boshqarish va taqsimlash kabi xizmatlarni o’z a’zolariga ko’rsatadi.




