“Temir daftar” nima?

«Temir daftar» — ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
Bunda, agar yuqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a’zolari mos ravishda «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlariga ham kiritilgan bo‘lsa, ushbu oilalar ro‘yxati «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlarida yuritiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.
Temir daftarga kiritilgan oilalar farzandlariga birinchi o‘quv yili uchun kontrakti to‘lab beriladi.
- «Temir daftar»ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilishi daftardan chiqarish uchun asos bo‘ladi.
- Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan «Temir daftar»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
«Temir daftar» yuritilishi bo‘yicha sxema.