audio
Vazir soha vakillari bilan bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildi

Unda oliy ta’lim muassasalarida quyosh panellarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, bir qator oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirilgan hududlarning turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Hududlarning turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy va startaplar loyihalarni qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi. 

Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan professional ta’lim muassasalarining faoliyati, ularga ko‘rsatilayotgan metodik yordam bo‘yicha fikrlar almashildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablariga alohida e’tibor qaratish, ularning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, binolarining ta’mirlash ishlariga ko‘maklashish masalasi o‘rtaga tashlandi. O‘z navbatida surdotarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Oliy ta’lim muassasalarida Axborot xizmatlari faoliyati ham yig‘ilish kun tartibida o‘rin olgan bo‘lib, OTM axborot xizmatlari va matbuot kotiblari faoliyatini, faoliyatini takomillashtirish, buning uchun ularga yetarli sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va boshqa masalalar borasida tegishli  topshiriqlar berildi.