ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2025-12-12 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev hamda sohaning mutasaddi rahbar va mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda issiqlik tizimini rivojlantirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan innovatsion loyihalarni joriy etish yo‘nalishlaridagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga o'z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan mas'ullar faoliyati keskin tanqid qilindi.
Tadbir doirasida tayinlov ham amalga oshirildi. "Issiqlikta’minoti" AJ qaroriga asosan Bo‘riyev Anvar Normamatovich Navoiy viloyat “Issiqlik ta’minoti” MChJ direktori v.b. lavozimiga tayinlandi.
Yig'ilish yakunida jamiyatga tizimdagi mavjud nosozliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mas’ullar daxldorligini kuchaytirish vazifalari qo'yildi.


