O‘zbekiston – Iordaniyaning geologiya sohasidagi hamkorligi yanada kengaymoqda
2025-09-25 15:50:00 / Yangiliklar

Iordaniya Energetika va mineral resurslar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda qo‘shma loyihalar, geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Iordaniyaning “NAMC” kompaniyasi bilan mis, nodir metallar hamda sanoat uchun muhim bo‘lgan minerallar sohasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish maqsadida tegishli yo‘l xaritasi va memorandum imzolandi.
Tashrif davomida “JUMCO” kompaniyasi va “Navoiyuran” DK mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan uranga istiqbolli maydonlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Natijada ikki mamlakat vazirliklari va Iordaniyaning “NAMC”, “JUMCO” kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishchi guruh tuzildi. Shuningdek, uran, kritik va rangli metallarga oid istiqbolli maydonlar bo‘yicha birlamchi geologik ma’lumotlar olindi hamda ularni chuqur o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






