“Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari va guvohnomalar topshirildi
2025-11-25 15:55:00 / Yangiliklar

Marosim davomida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 400 nafar o‘quvchisiga “Vatan tayanchi” harakati a’zoligini belgilovchi ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. So‘zga chiqqan rahbar va faxriylar yoshlarni ushbu nishonga munosib bo‘lishga, tinimsiz ta’lim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash hamda Vatan ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga undadi.
Tadbirning tantanali qasamyod qismida harakat a’zolari yig‘ilganlar guvohligida yaxshi ta’lim olib, Vatan manfaatlariga xizmat qiladigan yetuk, mas’uliyatli va ma’naviy barkamol inson bo‘lishga va’da berdi.
Marosimga Qarshi garnizoni harbiy orkestrining mahoratli chiqishlari tantananing umumiy kayfiyatini yanada oshirib, yig‘ilganlarga unutilmas taassurot qoldirdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali saf chiqishlari yoshlarda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqish va hurmatni kuchaytirib, ona Vatanga muhabbat, matonat va fidoyilik kabi fazilatlarni targ‘ib etdi.
Tadbir yakunida rahbarlar, faxriylar hamda yoshlar ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida yerga qadalgаn har bir nihol kelajak avlod uchun umid va barqarorlik ramzi sifatida e’tirof etildi. Ekilgan ko‘chatlar nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki yoshlar ongida tabiatga mehr, yurtga g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ezgu tashabbusning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









