O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2023
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi

2023-01-25 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga raisligi doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Bosh kotib Tashkilot rivojida yangi davrni boshlab bergan tarixiy Samarqand sammiti natijalarini yuksak baholadi.

Savdoni va bojxona tartibotlarini soddalashtirish, Investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Samarqand “Turkiy sivilizatsiya poytaxti”, deb e’lon qilindi. Ilk bor Alisher Navoiy mukofoti topshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘ldi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2023-yil “Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili”, deb e’lon qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Raislikning institutsional islohotni amalga oshirish “yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni”ni yaratish, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Bosh kotib Tashkilot doirasidagi sheriklik salohiyatini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться