O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2023
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning ahamiyatini qayd etdi

2023-01-25 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi.

Suhbat avvalida Ozarbayjon tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro savdoning oshib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish borasidagi kooperatsiya loyihalarining borishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться