O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2023
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki mas'ul mutaxassislari bilan uchrashuv

2023-01-25 | Jamiyat

Joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi mutasaddilar Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassislari Odri Saks va Ra’no Tlepova bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Durdona Rahimova Jahon banki mutaxassislariga tashrifi uchun alohida minnatdorchilik bildirib, mazkur xalqaro moliya instituti bilan hamkorlik katta ijtimoiy ahamiyatga egaligini qayd etdi. O‘zbekistonda keyingi yillarda aholiga, xususan, nogironligi boʻlgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, hamda joriy yil bejiz “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” deb nomlanmaganligini ta'kidladi.

Jahon banki mutaxassislariga poytaxtda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, nogironligi bor shaxslar uchun yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualarida hamda ta'mirlanayotgan yo‘llarning chorrahalarida, ularning harakatlanishi uchun maxsus to‘siqsiz yo‘laklar qurilayotganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda Toshkent shahrida 49,552 nafar nogironligi bor fuqarolar istiqomat qilishi, shuningdek, davlat ta'minotida bo‘lgan ikkita Muruvvat uyi mavjudligi, ularning biri katta yoshdagi, ikkinchisi esa bolalar uchun ixtisoslashtirilganligi ta'kidlandi. Mirzo

Ulug‘bek tumanidagi “Muruvvat” erkaklar uchun internat-uyining bir qismi ta'mirlanayotganligi, Yunusobod tumanidagi “Muruvvat” uyi hududida esa bog‘

tashkil etilayotganligi qayd etildi. Shu kabi chora-tadbirlarga joriy yilda 4,5 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Jahon banki mutaxassislari 2021-yilda O‘zbekiston hukumati “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qilganligini qayd etdi. 2022-yilda Bank mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qiluvchi hamda ushbu toifadagi fuqarolar uchun inklyuziv va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot e’lon qildi. Hozirgi vaqtda Bank nogironligi bo'lgan shaxslarning manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur Konvensiya bandlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston hukumatiga texnik koʻmak ko‘rsatmoqda.

Jahon banki mutaxassislari Toshkent shahar hokimligiga nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shahar infratuzilmasi ob'ektlaridan foydalanish imkoniyati auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda texnik koʻmak ko‘rsatishni taklif qildi. Mazkur audit nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari taklif etilayotgan tashabbusni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini hamda bu masalani Jahon banki mutaxassislari bilan muhokama qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, ko‘rish va eshitish imkoniyati cheklangan bolalarni zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda texnik koʻmak olishga ham qiziqish bildirildi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться