O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2023
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentning Turkiyaga tashrifi yakunlandi

2023-03-17 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi.

Kecha davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bugun Anqara shahrida O‘zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться