O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2023
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BAA bilan pedagoglar malakasini oshirish va oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish sohalarida hamkorlik qilinadi

2023-03-17 | Ta’lim

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan boʻlib turgan Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Hilola Umarova BAA Taʻlim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston va BAA taʻlim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar va islohotlar haqida soʻz bordi.

Uchrashuv doirasida tomonlar:

— BAA va Oʻzbekiston taʻlim tizimlarini oʻrganish va hamkorlikda qoʻshma loyihalar tashkil etish,

— Oʻzbekistonda xorijiy til sifatida arab tili oʻqitiladigan maktablar uchun oʻquv-metodik majmualarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlik oʻrnatish,

— pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash boʻyicha tajriba almashish hamda

— maktab oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar barcha yoʻnalishlarda yaqindan hamkorlik oʻrnatish borasida kelishib olishd

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться