O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi
2023-03-18 | Jamiyat
Bugun — 18 mart kuni umumxalq xayriya hashari boshlandi.
Hashar azaldan milliy an’ana va udumlarimizning ajralmas qismi sanalgan. Ayni paytda bu an’ana haijihatlik, birdamlik, mehr va saxovat ramzi sanalgan.
Navro‘z ayyomi arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Umumxalq xayriya hasharida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha va maydonlar, turar-joylar, ijtimoiy ob’ektlarning yon-atroflari yanada orasta holatga keltirilmoqda.
Hashar kuni mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘plab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami qo‘llab-quvvatlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Umumxalq hashari mamlakatimizdagi barcha mahallalar, qishloq va ovullar, aholi punktlari, mehnat jamoalarida bo‘lib o‘tmoqda.
Manba: O'zA