O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Elchi Xurshid Mirzohidov: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro munosabatlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritdi

26.01.2023SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi arafasida “Dunyo” AA muxbiri mamlakatimiz elchisi Xurshid Mirzohidov bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi va uning istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi to‘g‘risida

25.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari Kengashining 26-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi

25.01.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

24.01.2023Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi

24.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida

24.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi arafasida 2023-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Singapur oʻrtasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash yoʻnalishidagi hamkorlik muhokama qilindi

23.01.2023TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Park direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park vakillari Singapur hukumati Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi “Enterprise SG” davlat tashkiloti ofisiga tashrif buyurdi. Ushbu tashkilot 2018-yildan buyon kichik va o‘rta korxonalar rivojini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar yaratish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun mas’uldir.

 

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.2023HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi bilan muzokaralar to‘g‘risida

23.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashida hamkor tashkilot sifatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay bilan uchrashdi.

TshIUda “DAI Global LLC” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

20.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

20-yanvar kuni “DAI Global LLC” vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, o‘quv binosi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

20.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.

Yaponiyada “O‘zbekiston bilan tanishing” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

20.01.2023TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi tomonidan Yaponiyaning “Zion Investment Trust” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekiston bilan tanishing” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Markaziy Osiyoning yetakchi tahlilchi ekspertlari Ostonada to‘planadi

20.01.2023IqtisodiyotManba: O'zA

20-yanvar kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzusida ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini kengaytirish istiqbollari

20.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlatonni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV rahbari O‘mon Elchisini qabul qildi

19.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan O‘mon Sultonligining Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.

Eron Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

19.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligida AQSh Elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

18.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 18-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo'shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

Ozarbayjon harbiy delegatsiya Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

18.01.2023Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Bugungi kunda Oʻzbekiston qardosh turkiyzabon mamlakatlarning armiyalari bilan mudofaa sohasida kadrlar yetishtirib chiqarish borasida mustahkam hamkorlik aloqalarini oʻrnatib kelmoqda. Xususan, yurtimizdagi nufuzli oliy harbiy taʻlim muassasalarida qardosh mamlakat harbiylarini oʻqitish borasida bir qancha hamkorlikdagi ishlarning yoʻlga qoʻyilganligi fikrimizga dalil.

Singapurning PSA International kompaniyasi bilan transport va logistika sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

18.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida Transport vaziri I.Maxkamov va PSA International kompaniyasi bosh direktori Van Chi Fo o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi

18.01.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

17-yanvar kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi doirasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurdi.