O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

voqealar
Хalqaro sayyohlik forumi

10 Fevral

3 kun qoldi Хalqaro sayyohlik forumi

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya

Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

22.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 8-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”da Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari mavzusida davra suhbati tashkil etish belgilangan.

Shartnoma imzolandi: OTP bank O‘zbekistonning “Ipoteka-bank” bankini sotib oladi

12.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘tgan yilning sentabr oyida imzolangan kelishuv memorandumidan so‘ng Toshkent shahrida OTP banki nomidan “Ipoteka-bank” bankini xususiylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi Boshqaruv raisi va Bosh ijrochi direktori Shandor Chanyi va Bosh direktor o‘rinbosari Laslo Volf, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, O‘zbekiston Respublikasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev tomonidan imzolandi.

“S&P” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida tasdiqladi

05.12.2022YoshlarManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 2-dekabr kunida e’lon qilingan “S&P” xalqaro reyting agentligining O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobotida respublika reyting bahosi “BB-” (barqaror kutilma) darajada o‘zgarishsiz tasdiqlandi.

Moliya vazirligiga BMTTDning “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” global dasturida ishtirokiga start berildi

02.12.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender faollarini qoʻllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini bartaraf etish orqali Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

02.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. 

Koreya Eksimbanki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbankining EDCF Jamg‘armasi bosh direktori Xva Jun So bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

24.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Osiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Albert Park bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha birlamchi dilerlar uchun ilk auksion savdosini tashkillashtirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi

22.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 21-noyabr kuni Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi va 9 ta tijorat banklari ishtirokida Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha birlamchi dilerlar uchun ilk auksion savdosini tashkillashtirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Senatning oʻttiz beshinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi koʻrib chiqildi

21.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

2022-yilning 18–19-noyabr kunlari Senatning oʻttiz beshinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni koʻrib chiqildi.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

18.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Joriy yilning 17-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

18.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi Haoliang Hu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

XVJ missiyasi vakillari bilan uchrashuv

17.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Moliya vaziri Timur Ishmetov, vazir o'rinbosari Axadbek Xaydarov va vazirlik departamenti vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

15.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Ron van Rooden bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

11.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi

Joriy yilning 11- noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg`armasi missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji raqobatbardosh bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

14.10.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Bugun, 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “Elektr energiyasi bozoriga o‘tish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistonda elektr energetikasi bozoriga o‘tishning istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

«Soliq va bojxona siyosati islohoti, shuningdek daromadlarning ma'murchiligini raqamlashtirish (tajriba almashinuvi)» Xalqaro davra suhbatini tashkil etish bo‘yicha

05.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

2022-yilning 5-6 oktabr kunlari Samarqand shahrida «Soliq va bojxona siyosati islohoti, shuningdek daromadlarning ma'murchiligini raqamlashtirish (tajriba almashinuvi)» mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro davra suhbati o‘tkaziladi.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde bilan uchrashuv

03.10.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ayni paytda mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bankining (JB) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

28.09.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 27-sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bo‘yicha ma'lumot

28.07.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi. Strategiya Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Minimal ijtimoiy himoya darajalari to‘g‘risida”gi 202-son tavsiyasiga muvofiq barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlash tizimini yaratishni nazarda tutadi.

Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv

25.07.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev va Jahon Banki vakillari Okore Okorafor Sogʼliqni saqlashni moliyalashtirish boʼyicha xalqaro maslahatchi, Devid Stiven Nayt yetakchi iqtisodchi mintaqaviy menejer vazifasini bajaruvchi, Sunman Kvon xalqaro maslahatchi hamda sogʼliqni saqlash bo'yicha mutahasis Behruz Yusupov  bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi.