O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

voqealar
Хalqaro sayyohlik forumi

10 Fevral

3 kun qoldi Хalqaro sayyohlik forumi

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

Koreya Respublikasi bilan ekologiya sohasida sarmoyaviy hamkorlik muhokama qilindi

28.01.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Koreya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Yu Chje Chol bilan ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.

Taraqqiyotga faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi

27.01.2023IqtisodiyotManba: «Yangi O"zbekiston»

O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirovning mamlakatimizdagi qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida maqolasi eʼlon qilindi.

Yaponiyada “O‘zbekiston bilan tanishing” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

20.01.2023TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi tomonidan Yaponiyaning “Zion Investment Trust” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekiston bilan tanishing” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

XVJ O‘zbekistonni JSTga kirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor

29.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari Badriddin Abidov Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekistondagi doimiy vakili Kevin Ross bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

O‘zbekiston va Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorlikni kuchaytirmoqda

25.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

23.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va SAP: ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yoʻlida

23.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23-dekabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih oʻrtasida tor doiradagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston janubi-sharqiy yo‘nalishda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda

20.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev raisligida videokonferensiya shaklida Xitoy bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik, Ishchi guruhning Pokiston va Singapurga boʻlajak tashriflarining hamda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning joriy yil 21-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifining tashkiliy va mazmun jihatidan yuqori darajada o‘tkazish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatida investisiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi

16.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 16-dekabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bo‘lib, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan tanishdi.

OTB bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

15.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi, Osiyo taraqqiyot banki vakillari va loyiha tashabbuskorlari ishtirokida mazkur Bank hamkorligida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha yakuniy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shartnoma imzolandi: OTP bank O‘zbekistonning “Ipoteka-bank” bankini sotib oladi

12.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘tgan yilning sentabr oyida imzolangan kelishuv memorandumidan so‘ng Toshkent shahrida OTP banki nomidan “Ipoteka-bank” bankini xususiylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi Boshqaruv raisi va Bosh ijrochi direktori Shandor Chanyi va Bosh direktor o‘rinbosari Laslo Volf, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, O‘zbekiston Respublikasi nomidan Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev tomonidan imzolandi.

Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar olib borilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatilmoqda

11.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-dekabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov raisligida ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya dasturini amalga oshirish borasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

11.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Muhtaram faxriylar!

Xitoy hukumati delegatsiyasining tashrifiga doir

10.12.2022Siyosat

Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

ITSV Ishchi guruhlari respublika hududlarda o‘rganish o‘tkazib tadbirkorlarga yordam ko‘rsatmoqda

10.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 9-dekabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov boshchiligidagi vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari mas’ul rahbar va xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

10.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Moliya vazirligiga BMTTDning “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” global dasturida ishtirokiga start berildi

02.12.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender faollarini qoʻllab-quvvatlash hamda gender stereotiplarini bartaraf etish orqali Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

02.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. 

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida xususiy sektor vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

02.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-dekabr kuni “Hilton Tashkent” mehmonxonasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan BMTTD, UNCTAD/JST Xalqaro savdo markazi va JST Kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi

30.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish chora-tadbirlari, shuningdek, 2023-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.