“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
2025-08-12 12:00:00 / Yangiliklar

"Maslahat oshi" loyihasi doirasida
🇺🇿 To‘rtko‘l tumanidagi 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ziyolilar, mahallalarning mas’ullari, ko‘cha biylari, faollari ishtirokida "Maslahat oshi" loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida turli sohalarda yuz berayotgan korrupsiya ko‘rinishidagi huquqbuzarliklar, taʼlim olish uchun berilgan imkoniyatlar, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy yo‘nalishda jamoa, yoshlar, ota-onalar bilan olib borilayotgan ishlar, ayol-qizlar uchun ajratilgan imtiyozlar, oilaviy ajrimlar va zo‘ravonliklarni oldini olish, voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchiliklarni ixchamlashtirish va bunday holatlarga chek qo‘yish kerakligi ta`kidlandi.





