Siz o‘quv markazi rahbarimisiz?
2025-08-25 09:30:00 / Yangiliklar
Sizda yechimini kutayotgan muammolar va soha rivoji uchun takliflar bormi?

Demak, ushbu muloqot aynan siz uchun!
Joriy yil 27-avgust kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘quv markazlari rahbarlari hamda kasb-hunar sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Ochiq muloqotda sohaga tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirok etadi.
Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘nating. Har bir taklif va tashabbus biz uchun muhim.
Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi
Keling, fikringizni bildiring, g‘oyangizni ayting – biz sizni eshitamiz!
