Yoqilgʻi oʻrniga 106 mlrd soʻmlik qurilish mahsulotlari sotilsa...
2025-08-21 17:00:00 / Qo'mita yangiliklari

#shunday_bolishi_mumkinmi?
Yoqilgʻi oʻrniga 106 mlrd soʻmlik qurilish mahsulotlari sotilsa...
Soliq qoʻmitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoʻpol xatolik va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida maʼlumot berib borishda davom etadi.
Bugungi kunda Soliq qoʻmitasi tomonidan mavjud maʼlumotlar bazasini raqamli tahlil qilish asosida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.
Misol uchun, 2025-yil avgust oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun tashkil etilgan “Savdogar” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) dastlabki ikki hafta oʻtib, ustav kapitali 100 ming soʻmni tashkil qilib, ijarada 200 м² koʻchmas mulki boʻlib, transport vositalari mavjud boʻlmasa-da 48,5 mlrd soʻm (QQS – 5,2 mlrd soʻm) miqdorida har xil turdagi yuqori likvidli tovarlar (oziq-ovqat, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va h.k) realizatsiyasi yuzasidan EHF rasmiylashtirgan. Eng qizigʻi koʻchmas mulkning hajmi qisqaligini inobatga olinsa, birgina realizatsiya qilingan 75,4 ming м² gipsokarton mahsuloti hamda 250 dan (ayrim mahsulotlar 40 tonnadan oshiq) ortiq boshqa turdagi har hil mahsulotlar qayerda va qanday saqlanib kelingan?
Yana bitta "ixtisoslashgan doʻkonlarda motor yoqilgʻisi chakana savdosi" faoliyati bilan shugʻullanish uchun 2024-yil fevral oyida tashkil etilgan “Ulgurji” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) 2025-yil avgust oyida faol ishchilar soni, omborxonasi, transport vositalari mavjud boʻlmasdan 106 mlrd soʻm (QQS – 11,4 mlrd soʻm) miqdorida turdagi yuqori likvidli tovarlar (oziq ovqat, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va h.k) realizatsiyasi yuzasidan EHFlar rasmiylashtirgan.
Maʼlumot uchun: EHFlarning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi hozirda test rejimida ishga tushirilgan va unda aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha hali biron jazo choralari qoʻllanilmagan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi departamenti
